Roza tutish qoidalari

Assalomu alaykum!Safarlikka tura olmadim vaqtida.Turgan vaqtim niyat qib roza ogiz yopvosam bolaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saharlik qilish sunnat amalidir. Mabodo saharlik qilmasdan uxlab qolsa ham emay-ichmay peshin vaqti kirgunicha niyat qilib olsa o‘sha kunning ro‘zasi durust bo‘ladi. Iftorlikdan keyin “ertaga ro‘za tutaman” degan bo‘lsa ham ertangi kunlik ro‘zaning niyatiga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar