Erim uyingga ket men roziman desa
Assalomu alaykum! Erim bilan yashayotganimga bir yil bo‘ldi. Yaqin orada qattiq janjallashib qoldik. Erim menga bir necha marta “Yo‘qol, ket onangni uyiga, men boshqa ayolga uylanaman ket, men roziman, ajrashamiz” deb aytdi. Lekin taloq kalimasini ishlatgani yo‘q. Ammo men farzandim uchun erim bilan ajrashishni istamiyman. Men onamni uyiga xam ketganim yo‘q. Endi menga taloq tushdimi? Men erim bilan yashashim xalol emasmi? Ramazon ro‘zasini eridan so‘rab tutish kerakmi? Ramazon ro‘zasini tutganda emizsa ro‘zasi ochilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni siz aytgan holatda sizga taloq tushadi. Chunki eringiz bu gaplarni ajrashish maqsadida aytayotganligini o‘zi ham aytib turibdi. Bu kabi gaplar ko‘p aytilgan bo‘lsa biror ahli ilmning huzurida ikki tomon borib masalangizni hal qilib olinglar. Ramazon ro‘zasini tutishga erdan ruxsat shart emas. Qarshilik qilsa ham tutiladi. Bolani emizish bilan ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush