Yangi ish boshlash uchun ustoz roziligi shartmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, shu yil baxor oyida Rossiyadan bolalarni o‘qitishning yangi metodika ya’ni uslublarini o‘rganib keldim. O‘qish uchun pul to‘ladim, vaqt sarfladim va boshqa safar qiyinchiliklariyu musofirchilik mashaqqatlarini kechib o‘tdim. Kelib ish boshladim. Bolalarni o‘qitish uchun markaz ochdim. Ikki oydan keyin bir yigit mendan ish so‘rab keldi, avvaliga rozi bo‘lmadim, chunki xali markazimiz yangi va ishchiga muxtoj emasdim. Turli xil qistovlar bilan kelaverdi, oxiri ishga oldim. Bu yangi xodim sekin asta mening talablarimni bajarmay qo‘yganidan keyin uni markazdan bo‘shatdim. Buni qarangki, uning o‘zi mening roziligimsiz ish boshlabdi. Uning o‘zi xali o‘quvchi edi, biroq o‘qituvchilikni davo qilib xamma joyga e’lon berib yuribdi. Agar dunyoviy tushuncha bilan aytganda men o‘zimga raqib tayyorlagan ekanman. Bu xolatda men nima qilishim kerak yoki nimalar qilishdan saqlanishim kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rozilik shart emas, lekin Alloh taoloning odati shuki duo olgan ishida baraka topadi. Alloh sizni kimnidir rizqiga sababchi qilganligiga shukur qiling. Chunki uning har bir topgan tangasiga sizni sababchi bo‘lganligingizni savobi yozilib turadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar