Jamoatdagi saf
Assalomu alaykum! Ba’zan ancha oldin qurilgan masjidlarga kirganimizda, ustunlar o‘rnida g‘isht terilgan bo‘ladi. Ularni kengligi 1 metrdan ko‘proq bo‘lgani uchun saflar orasida uzilish bo‘ladi. Shu holatda jamoat namoziga nuqson etmaydimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr. Berilayotgan javoblar uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozda masjid ichidagi ustunlar saf orasiga tushib qolsa, makruh emas. Ustunning ikki yonidagi saflar, uzun bo‘lmasada alohida-alohida saf bo‘lib qolaveradi. Safning o‘rtasiga ustun to‘g‘ri kelib qolishi, oraga biror narsa qo‘yilgan kabidir. Bu iqtidoning durustligini man qilmaydi, karohiyatni ham vojib qilmaydi. Saf ulanishi uchun ustunni old tarafiga biror kishi turib olsa, lekin ustun sababidan safdan biroz chiqib qolsa joiz emas. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safni tekis qilishga qattiq e’tibor berganlari uchun. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar