Amakimning uylanishiga farzandlari qarshilik qilishyapti
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir amakim bor. Xotini olamdan o‘tganiga 3 yildan oshdi. Amakimning yoshlari 51da. 4 nafar farzandi bor. Shundan biri o‘g‘il. Qolgani qiz (turmushga chiqishgan). Amakim yolg‘iz o‘g‘li bilan yashaydi. Baribir uyda ayol kishi bo‘lishi kerak ekan. Amakim uylanmoqchi, ammo bunga farzandlari qarshilik ko‘rsatishmoqda. Shu kungacha farzandlarini ra’yiga qarab uylanmagan edi. Farzandlariga qancha tushuntirsak ham tushunishmay, yo‘q, deb turib olishgan. Nima qilishga ham hayronmiz. Biror bir maslahat bersangizlar. Iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U farzandlar farzandmi yoki otami?! Ularni shu kungacha farzandlar katta qilganmi yoki otasi katta qilganmi?! Bu borada otaga qarshilik qilishning o‘zi otaga oq bo‘lish hisoblanadi. Ular oxiratlaridan qo‘rqishsin. Shu holatda otasini uylantirish farzandlarning zimmasidagi otasining vojib haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:37 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush