Olingan qarz ustiga pul qo‘shib qaytarish haqida
Assalomu alaykum! Mening bir yaqin akam bir kunga 10.000$ berib tur deb iltimos qildilar. Men berdim. Akam esa 3 kundan keyin olgan pullariga 100$ qo‘shib berdilar, men aka olmayman, sudxo‘rlik bo‘lib qoladi, desam u kishi esa qarzni chiroyli sur’atda qaytaryapman, dedilar. Ikki kun o‘tgach juda xunuk tush ko‘rdim. Bu bilmay qilib qo‘ygan ishim xato bo‘lsa, Alloh mag‘firat qilsin. Bu vaziyatda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olmasangiz yaxshi bo‘lardi. Qaytib bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:37 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olmasangiz yaxshi bo‘lardi. Qaytib bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:37 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar