Kasalliklar yuqishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kassallik yuqmasligi to‘g‘risidagi hadisga tushunolmadim. Bog‘chaga boradigan farzandim bor, bog‘chaga chiqqanidan beri tinimsiz shamollaydi.  Uyda esa 5 oylik chaqalog‘im bor, u ham tinimsiz shamollaydi. Shifokorlar kattasidan kichkinasiga yuqmoqda deyishdi. Yuqmasligiga harakat qiling bollarni yaqinlashtirmang, oksalin maz surib qo‘ying deyishdi. Men esa bu hadisdan keyin yuqmasligiga chora ko‘rishga qo‘rqib qoldim. Alloh va payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qarshi chiqqan bo‘lib qolishdan qo‘rqayapman. Nima qilishimni maslahat berasangiz? Spid. gepatit, vabo kabi yuqumli kasalliklarni ham yuqmaydi deb e’tiqod qilishim kerakmi? Iltimos shu masalada yordam berib yuboringlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kasallik o‘zi yuqib boshqani kasal qila olish qobiliyati bor deb e’tiqod qilishdan qaytarilgan. Sabablarni ushlash va u asosida harakat qilish mo‘minning vazifasidir. Bu boradagi qat’iy qoida shuki “Barcha ehtiyot sabablarni qiladi, keyin sabablar hech narsaga yaramaydi agar Alloh uni sabab qilmasa” deb e’tiqod qilinadi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/101525

28 Aprel 2022, 02:49 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar