Oisha onamiz (ra) xakida!

Assalamu alaykum, muxtaram Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf va musulmonlar!muxtaram ustoz Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf, sizdan bir anglashmovchilikni aniklashtirib olmokchiman. Gap shundaki, biz kupincha "Axli Kitab"dan bulmish nasroniylar bilan munozarada bulamiz. Ma’lum bir xolatlar buladiki, nasroniy dustlarimiz beadablarcha uncha chiroyli bulmagan gaplarni yuzimizga solishadi. Shulardan bittasi - "Senlarning Paygambaring (a.s) 9 yoshli gudakni xotin kilib olgan! Bu kanakasi axir, xozirgi zamon normalari buyicha bu buzuklik!"- degan mazmunda gapirishadi! Muxammad (s.a.v)ni "buzuk ish" kilganiga xatto musulmon emaslar xam ishonishadi va u zot(s.a.v) bunday tuxmatdan pok inson! Bu fakt! Lekin uzimizning ilmimiz ziyoda bulishi uchun kuyidagi savolni berishga ijozat bersangiz...Savol: Xazrat, sarvari koinot Muxammad (s.a.v) Oisha(r.a) ni xotin kilib olganlarmi yoki uzlariga nikoxlab olib, voyaga etgunigacha karamogiga olganmi?!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ming besh yuz yil oldingi holat bilan bugingi holatni tenglashtirish mumkin emas. O‘sha paytda yosh qizlarga uylanish hamma xalqlarda bo‘lgan. Issiq o‘lkalarda qizlar erta balog‘atga etganlar. Ularda qizlar to‘qqiz yoo‘da voyaga etgan. Hozir sizga mazkur ta’nani aytganlar qavmida yosh qizlarni nikohga olish bo‘lmasa ham, ular ila zino qilish keng tarqalganligi hammaga ma’lum.
28 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 60 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar