Uymizda ko‘pchilik inson vafot etdi

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni ko‘pdan buyon bir narsa vahimaga soladi. Uyimizda 3-4 yil oralig‘ida ko‘pchilik odam vafot etdi. Buvam undan keyin buvim. Bir yil o‘tib dadam, undan keyin yana bir yildan so‘ng tog‘am va yaqinda katta tog‘am vafot etishdi. Ular yosh vafot etishdi. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin? Uymizda bir narsa bormi yo avlodimizga nimadir bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ettita farzandlari bo‘lgan. Ulardan bittasi qolib oltitasi vafot topgan. Sizni gapingiz bo‘yicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida ham biror narsa bo‘lgan bo‘lishi kerak bo‘ladimi?! Bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa iymon, e’tiqod va solih amallardir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar