Erim tashlab ketdi, o‘z xohishimga ko‘ra ajrashsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan bir yarim yil avval oilaviy etishmovchilik sabab janjallashib qolgan edik. Ishlamas edilar, meni topganim ro‘zg‘orga, ikki nafar bolamning eb-ichishiyu kiyim-boshiga etmaydi. Ular uyda yotib, topkanimni eb-ichib yotaverar, qaynonamga aytsam o‘g‘illarining yonlarini olib “erini boqqan bitta senmi, nima bo‘pti boqasan-da, buni uyida yashayapsan-ku” deb dag‘dag‘a bilan o‘g‘lini o‘z uylariga olib ketdilar. Shu bilan qaytganlari yo‘q. Xotini, farzandlariga mehri bo‘lmasa, vijdon, iymondan xabari bo‘lmasa, hatto nomoz o‘qishimga qarshi bo‘lsa. Bir joyda o‘qigandim: erkak ayolidan to‘rt oydan ziyod xabar olmasa ayolning ajrashishga xaqqi bor, deb yozilibdi. Qarindoshlarim ajrashishimga qarshi. O‘z istagim bilan ajrashsam bo‘ladimi? Haqqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Talog‘ingizni olmaguningizgacha boshqa erga tega olmaysiz. Taloqni olib, iddangizni chiqarib keyin boshqaga turmushga chiqishingiz kerak. Bu shariat buyrug‘i. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar