Namoz o‘qish haqidagi oyat

Assalomu alaykum! Bir yaqin do‘stim Qur’onda bir kunda besh vaqt namoz o‘qilishi yozilmagan deb tortishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’onda namozni o‘qishligi farz deb aytilgan. Mutavotir hadislarda besh vaqt bo‘lishi aytilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlari mobaynida namuna qilib ko‘rsatib berganlar. Boshqa amallar ham shu. Zakot, ro‘za va boshqa amallarning farzligi zikr qilingan, mutavotir hadislarda esa qanchadan va qaysi vaqtda ado qilinishi bayon qilingan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar