Namozni bir rakat ko‘p o‘qib qo‘ysa

Assalomu alaykum 1). Namoz paytida bilmasdan bitta rakat ko‘p o‘qib yuborsa namoz qabul bo‘ladimi yoki boshqattan o‘qish lozimmi? Masalan shom namozining uch rakat farzini o‘qiyotgan paytida adashib to‘rt qilib o‘qib yuborsa nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uchinchi rak’atni o‘tirib, attahiyatini o‘qib keyin turgan bo‘lsa namozi ado bo‘ladi. attahiyatini o‘qimasdan turib ketgan bo‘lsa namozi naflga aylanib qayta o‘qishi shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar