Ehson va sadaqa to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Bu savolni menga ukam so‘rab berishimni iltimos qildi. Dinimizda muhtoj bo‘lmagan insonga ham ehson va sadaqa qilsa bo‘ladimi? oldindan rahmat, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadya qilish sunnat. Bunday qilishga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam targ‘ib qilganlar. Ehsondan ziyofat qilib berishni iroda qilgan bo‘lsangiz bu ham joiz. Chunki sahobai kiromlar taom tayyorlab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyofatga chaqirib turganlar. Zakot va ushr kabi sadaqalarni muhtoj insonlarga beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar