Ateist

Assalomu alaykum! Universitetda oqiyman. Rusiyzabon guruhlarni oqituvchi bir odam sotsiologiya va falsafadan dars berar ekan. Biz keyingi para darsga kirishimiz, u esa xonani tark etishi kerak edi. Lekin xonadan chiqmay, bir necha talabalar bilan bahs qilayotganini korib qoldim. Shu darajada gapirdiki, xatto bizning guruh talabalari ham qoshilib ketishdi. U bazi yunon faylasuflarining gaplarini keltirib, Qur’on va Hadis bir biriga to‘g‘ri kelmaydi ham dedi. Qur’onda insonni oldirish qattiq gunoh ekanligi, lekin hadisda esa Bazi turdagi insonlarni toshboron qilib oldirilsin Deb buyirilgan dedi va gap oxirida dindan maqsad boshqarish dedi. Osha kuni men hech narsa demadim faqat gazabim kelib turardi va ichimda astagfurillah Deb turardim. Osha kundan beri vijdonim qiynaladi, xayolan u kishi bilan bahs qilaman va bazida uni urishim kerak edi aslida degan xayolga ham kelaman. Savolim shundan iboratki, qiyomatda u odam gapirayotgan vaqtda hech narsa qila olmaganim uchun soralamanmi? Agar shu holat takrorlansa va agarda u mening gaplarimni ilmasa uni urishim mumkinmi?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomga qarata haqoratlar aytilgan mahalda unga raddiya berish lozim. Agar bunga qodir bo‘lmaganligi uchun tark qilsa gunoh yo‘q. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar