Din yaratilganmi?

Assalomu alaykum! Ustoz savollarimizga javob berayotganingiz uchun rahmat. Din yaratilganmi yoki yaratilmaganmi? Din qachon paydo bo‘lgan degan savol berilgan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson yaratilgandan beri Yaratuvchining O‘zi insonlar qanday yashasa salomat bo‘lishi va oxiratda Allohning roziligiga erishish uchun dasturul amal bo‘lgan kitoblarni va ularni namuna tarzda ko‘rsatib beradigan payg‘ambarlarni yuborgan. Hamma payg‘ambarlarning dini bitta. Holatga qarab shariatlari, tutgan yo‘llari bir oz farq qilgan. Qachon bir payg‘ambarning kitobi va Alloh tomondan keltirgan shariati o‘zgartirilib buzib tashlansa Alloh yana bir payg‘ambarni va u bilan dasturul amal bo‘lgan kitobni nozil qilavergan. O‘shalarning eng oxirgisi payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom va kitobi Qur’ondir. Ular shunchalik darajada mukammalki to qiyomat kunigacha dasturul amallikdan tushmaydi. Yillar o‘tishi bilan uning haqiqatlari zohir bo‘lib boraveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:05 | Savol-javoblar | 136 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar