Ibodat to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz uyimizda jamoat ya’ni dadam, akam, ukam, men bo‘laturib namozlarimizni alohida o‘qiymiz. Dadamga jamoat bo‘lib o‘qish kerakligini aytdim. Bir-ikki kun dadam imom bo‘lib bomdod namozini o‘qidik lekin dadam Qur’onni ruscha yozuvda yodlaganligi uchun suralarni to‘g‘ri o‘qisholmaydi. Namozning o‘zida ham xato qilishyabdi. Alhamdulilah men Qur’onni qo‘ldan kelgancha tajvid bilan o‘qiyman. Dadam menga o‘zing imom bo‘l deyishdi lekin men qo‘rqdim. Sababi imom jamoatga ham javob berishini bilaman. Mening esa iymon, etiqodim hali kuchsiz. Shayx hazratimizning bir ma’ruzalarida kishi tavba qilib ibodatga astoydil kirishganda shayton uni bor kuchi bilan vasvasa qilishini eshitdim hozir mendaham shu holat. Nima qilay shu holatda ham dadam turib men imomga o‘tishim joizmi? Yoki alohida namoz o‘qiganimiz duristmi? Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imomgarchilikka ota-bola, ustoz-shogird degan narsa ketmaydi. Kimning qiroati tajvidga muvofiq bo‘lsa o‘sha imom bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:05 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar