Oilada er xaqqi

Assalomu alaykum, ilm axli. Sizga va barcha musulmonlarga Allohning rahmatini tilagan xolda bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Men asli viloyatdanman, Toshkent shaxrida ijaraga joy olib mexnat qilaman. Ikki oy avval qaynotam insult bo‘ldilar va turoymaydigan axvolga keldilar. Aqllari xam ketib qoldi. Qaynotamning ikki qizi va bir o‘g‘li bor. Kichik qizi mening ayolim, katta qizi viloyatda. Qaynota qaynonam viloyatda o‘zlari yashab turishadi. O‘g‘li Toshkent shaxrida. Qaynotam kasal bo‘lganidan keyin uni Toshkentga olib kelib davolatdi. Bir bir yarim oydan keyin kasalxonadan javob berishdi lekin axvoli o‘shanday. O‘g‘li kvartira ijraraga olib qaynota qaynonamni o‘sha joyga joyladi va kunduzi qarash uchun odam yolladi (davlat ishida ma’suliyatli vazifada ishlaydi). Lekin ko‘pincha kechasi qarash mening ayolim zimmasida qolib ketdi (qayin akam kvartirani bizning yaqinimizdan ijaraga oldi). O‘zimning ikki qiz (3 va 1 sinf) va bir o‘g‘lim (20 oylik)bor. Ayolim xaftada 4-5 kun otasi onasi bilan kasal qarab yotmoqda. Lekin qayin akam bir kun xam kelib yotgani yo‘q otasi bilan. Erkak kishiga qizlarga qarash ancha qiyin bo‘larkan, men xar tomonlama qiynalaman. Ayolim charchagan va asabiylashgan xolda uyga etib keladi. Men bamdoddan keyin 6 larda borib ayolimni uyga olib kelaman va bolalarni maktabga tayyorlaymiz. Muammo birinchidan, qaynonam qari bo‘lganligi uchun ayolim tagini tozalashni xam kezi kelganda va qaraydigan odam bo‘lmaganda amalga oshiradi va bunda tabiiyki avrat a’zolarga ko‘z tushadi. (bu mening gumonim, lekin extimoli juda katta). Ikkinchidan, qiz farzandlarimga qarashni xam eplay olmayapman, ularni xam yuvintirish va kiyintirish, sochini to‘g‘rilash kerak va boshqalar, oxiri qaynonam xam ketib qoldi o‘g‘linikiga, sabr qilolmay og‘ir kasalga, otasi bilan faqat ayolim bilan 20 oylik o‘g‘lim bilan qoldi oxirgi kuni bir kun). Uchinchidan,ayolim xaftada bir ikki marta kelgani sababli, ayolga extiyoj xam o‘sha axvolda. Ayolimga bir kundan navbat qilinglar desam boshqlari kelmaydi, deydi. Oxiri bir bir yarim oydan so‘ng asabiylashib, ayolimga uyda yotasan, oilangga qaraysan, bir xaftada bir ko‘rishga ruxsat, bo‘lmasa javobingni beraman, deb shart qo‘ydim. O‘zim ichmayman, namoz o‘qiyman va zulm qilishdan qilishdan qo‘rqayapman. Aytinglar, men to‘g‘ri ish qildimmi? Men ayolimga va sanab o‘tilganlarga zulm qilmayapmanmi? Bu axvolda nima qilishim kerak? Bu sharoitda menga va bolalarimga nisbatan zulm qilinayaptimi? Sizlardan Alloh yo‘lida to‘g‘ri maslaxatlaringni kutib qolaman. Alloh xammamizni dinida sobit aylasin, Amin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kunlar vaqtincha. Ota-onasi etmagandek siz ham ayolingizni qiynamang. Ota-onasining duolarini olib qolsa barakani hech qaerga sig‘dirib bo‘lmaydi. Buni g‘animat biling.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 141 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar