Soatsozman, odamlarning soatlari qolib o‘zlari kelmay qo‘yishadi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Men soatsozman, mijozlar soatni remontga tashlab ketishadi men 3-4 kunni atrofida tuzataman, lekin ba’zi mijozla o‘z vaqtida olib ketmaydi. 10 yilni ichida ancha soatlar yig‘ilib qolgan, ularni ichida ancha qimmatlariyam bor, telefon qilib olib keting deb aytaman. Shunda ham beparvo bo‘lishadi. Men shu qolib ketgan soatlarga oxiratda javobgar bo‘lamanmi? 3 martta ogohlantirganimdan keyin zapchast qilib yuborsam bo‘ladimi? Sotib yuborsamchi? Chunki men u soatlarni tuzatganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zlaridan so‘rang. Olib ketmasangiz zapchast qilib yuboraman deb roziligini oling. Qabul qilib olishda qiyomat kuni zimmangizda qolib ketadigan qilib qabul qilmay, turar joy telefon nomer, ishxona kabi etkazib bera olish darajada aniq qilib oling. Birovlarning haqqi har qanday holatda ham birovning haqqi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 140 | Administrator