Kibrni yo‘qotish

Assalomu alaykum! Islomni bilmaydigan odamlarni ko‘rsam, ulardan o‘zimni ustun ko‘rish hissi uyg‘onadi. Buni qanday yo‘qotsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta ilm va ibodat tengi yo‘q narsalardir. Alloh taolo buni nasib qilganiga inson qanchalar shukr qilsa oz. Albatta bu oxiratda saodatga erishishga dalolatdir. Lekin inson boshqalardan afzallikni da’vo qilmasligi kerak. Mashoyixlarimiz : Olim odam qolganlar foydalanishi uchun o‘zining olimligini, qori odam esa o‘zining qoriligini izhor qilish kibrga kirmaydi. Faqat o‘zini boshqalardan afzal deb bilmasligi kerak – deganlar. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://tazkiya.uz/ofatlar/item/261-kibr-manmanlik.html

29 Aprel 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 151 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar