Savob umidi, shayton vasvasasi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men kelajakda amalga oshirish uchun ichimda turli xayrli ishlar qilishni rejalashtirib yuraman. Savob umidida albatta, lekin shu rejalashtirayotganimda miyamga «odamlar xam undoq deydi, bundoq deydi» degan xayollar o‘tadi, lekin bu xayollar boshida emas keyinroq paydo bo‘ladi. Shu narsa meni savobdan maxrum qilib qo‘ymaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mahrum qilmaydi. Aslida savobli ishlani kam qiladigan odamlar ko‘proq riyo qilishadi. Doimiy xayriya ishlariga qo‘l uradigan inson avvalida riyo qilishga moyilligi bo‘ladi, davom etaversa odamlarning maqtovini ham yoqtirmay qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:51 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar