Hojatdan chiqib 40 qadam

Assalomu alaykum! Kecha mahallamiz imomidan eshitdim. Istinjoda 40 qadam degan narsa borakan. Bu bor narsami yoki bidiatmi? Shu narsa haqida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda 40 qadam degan narsa yo‘q. Lekin qaysidir bir kishi 40 qadam yurib ko‘rsa ichida qolganlari ham chiqib, tomchilash to‘xtagan bo‘lsa kerak. Keyin shogirdlariga shuni vazifa qilib bergan bo‘lsa kerak. Odatda bizdagi juda ko‘p kishilar falonchi qori dada, falonchi eshon dadalarning odatlarini din deb olishadi. O‘shalardan bo‘lishi mumkin. Asosiy maqsad siydikni qoldig‘i chiqib ketishi. Albatta badbo‘y joyda o‘tiraverganidan toza havoda yurgani yaxshiroq. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:44 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar