Rasmli ko‘rpa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda bir dindan xabari bor tanishim menga bir buyum (ko‘rpa) hadiya qilgandi. Unda katta bir hayvonni surati bor. Sizlarga kelgan savollarning birida bunday buyumlardan foydalanish joyiz emas deb o‘qidim. Men bu buyumni nima qilay? Sotib yuborsam menga puli halolmi? Yangi buyum, tashlab yuborsam uvol emasmi? Yaqinlarimdan biriga ham berishni istamayman chunki islomda man etilgan narsani yaqinlarimga ham ravo ko‘rolmayman. Lekin menga shu sovg‘ani bergan inson ham u qadar begona emas yaqinim. Islomdan menda ko‘ra 100 barobar ilmi ko‘p bo‘lgan inson o‘ziga ravo ko‘rmay, o‘zidan uzoqlashtirish uchun menga olib kelganidan o‘ziga ravo ko‘rmaganini menga ravo ko‘rganidan jahlim chiqdi. Ba’zida qaytarib o‘ziga hadiya qilsammikin deb o‘ylab qolaman. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasmi yo‘q matodan jild kiydirib oling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:51 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasmi yo‘q matodan jild kiydirib oling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:51 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar