Zino qilganini maqtanadiganlar
Assalomu alaykum! Ashaddiy zinokor, xar doim faxsh ishlar bilan shug‘ullanib yuruvchi erkak o‘ziga o‘xshaganlarga qilgan xarom ishlarini maqtanib, qo‘shimchasiga qilmaganiniyam qo‘shib maqtansa, ("zo‘r erkak"ligini isbotlash uchun) uning xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularning holiga voy. Tez tavba qilishlari va tillarini gunohlarini maqtanishdan tiyishlari kerak. Chunki bu ishlari gunohlari kechirilmasligiga sabab bo‘lib qoladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: كُلُّ أُمَّتِي مُعَافًى إِلَّا الْمُجَاهِرِينَ، وَإِنَّ مِنَ الْمُجَاهَرَةِ أَنْ يَعْمَلَ الرَّجُلُ بِاللَّيْلِ عَمَلًا ثُمَّ يُصْبِحُ وَقَدْ سَتَرَهُ اللهُ، فَيَقُولَ يَا فُلَانُ عَمِلْتُ الْبَارِحَةَ كَذَا وَكَذَا، وَقَدْ بَاتَ يَسْتُرُهُ رَبُّهُ وَيُصْبِحُ يَكْشِفُ سِتْرَ اللهِ عَنْهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Mujohirlardan boshqa ummatimning hammasi avf qilingandir. Albatta, bir kishining kechasi bir ishni qilib, tong otganda Alloh uni satr qilgan bo‘lsa ham «Ey falonchi, kechasi unday qildim, bunday qildim», demog‘i ham mujoharadandir. Batahqiq, u Alloh uni satr qilgan holida yotgan edi. Tong otganda esa o‘zidan Allohning satrini ochadi», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: «Mujohir» jahr so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda «oshkora qiluvchi» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa gunohni oshkora va uyalmasdan qiluvchi odamga aytiladi. Ushbu hadisi sharifdagi ta’rifga qaraganda, o‘zi qilgan gunohni odamlarga maqtanib yuradi.
Demak, gunohni oshkora qilgan, o‘zidan sodir bo‘lgan gunohlarini gapirib yuradigan mujohirlarning gunohi avf qilinmas ekan.
Ana shunday mujohirlarning aybini gapirish g‘iybat hisoblanmas ekan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom