Vadani bajarmaslik

Assalomu alaykum! Men ayolimni onasi yani qaynonam menga biror kiyim sovg‘a qilsa uni kiymayman, sotib yuboraman pulini sadaqa qilaman yoki kiyimni qaynonamga qaytarib beraman deb qat’iy qaror qabul qilgandim. Lekin yaqinda menga qaynonam kiyim sovg‘a qildi. Sovg‘a qilingan yoki xadya qilingan kiyimni kiyish joiz deb eshitdim, lekin men kiymayman deb qaror qilgandim. Gap shundaki bu kiyimni sotsam yoki qaytarib bersam buni onam bilib qolsalar onam va men yoki ayolim ortasida kelishmovchilik yuzaga kelishi va janjal chiqishi extimoli bor. Savollarm quyidagicha : Bu kiyimni kiysam bo‘ladimi? Shu kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladimi? Vadamni buzishimga kafforat to‘lamaymanmi? Agar kafforat vojib bo‘lsa 10 ta miskinni taom pulini 1 ta muxtoj odamga o‘ziga bildirmay xisob raqamiga pul o‘tkazsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kafforat to‘laysiz. Bitta odamga berishingiz kifoya qilmaydi. bitta odamni 10 kun ikki mahaldan taomlantirsangiz yoki 10ta odamni ikki mahal taomlantirsangiz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar