Homilador ayol nomozi
Assalomu alaykum! Mening yoshim 22da. Nomoz o‘qishim uchun ihlos qilib oyatlarni duolarni o‘rgana boshlagandim. Hozirda Xudoga shukur homiladorman. Oy kunim yaqin. Sog‘ligim bulmay shifoxonaga tushib qolgandim. Bir opadan nomoz haqida so‘ragandim, nomoz o‘qish uchun toza pok bulib yurishiz kerak kiyimlariz pok bo‘lishi kerak dedilar. Farzandizni yuvintirasiz, kiyimchalarini yuvasiz qo‘lingiz, kiyimingiz makruh bo‘lishi mumkin. Shuning uchun nasb bo‘lsa farzandlariz katta bo‘lganidan keyin o‘qisangiz ham bo‘ladi degandilar. Savolim shundan iboratki, qachon nomoz o‘qishni boshlasam bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha opaning “farzandlariz katta bo‘lganidan keyin o‘qisangiz ham bo‘ladi” degan gapi o‘ta xatarli gap. Hozirdan boshlang namozni, bilganingizcha o‘qing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar