Namozdagi zam sura

Assalomu alaykum! Farz namozida Fotiha surasidan so‘ng zam sura ya’ni Ixlos surasi o‘qiladimi? Manga namozni o‘rgatishganida sunnat zam sura ya’ni Ixlos surasi o‘qiladi farzda esa o‘qilmadi faqat Fotiha surasi o‘qiladi deyishgandi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz namozlarining avvalgi ikki rakaatida fotiha va zam sura qilinadi. Qolgan rakaatlarida faqat fotiha o‘qiladi. Sunnat namozlarida esa hamma rakaatlarida fotiha va zam sura qilinadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar