Sadaqaning afzali

Assalomu alaykum! Mening yoshim 17da. Sadaqa (zakot) haqidagi bir hadisni o‘qidim. Unda "bandaning qariganda, yoshi bir joyga etib qolganda, o‘zi uchun kerak bo‘lmaydigan pullar bo‘lganida qilgan sadaqasi kerak emas. U paytda uning pullariga hech kim zor bo‘lmaydi. Kishi uchun eng yaxshi va eng savobli sadaqa o‘ziga juda kerakli bo‘lib yurgan paytda bergan sadaqasidir" deyilgan ekan. Shuning uchun mem ham olgan maoshimning ma’lum bir fozini miskinlarga sadaqa qilmoqchiman. Men so‘ramoqchi bo‘lgan savol sadaqaning turlari, uni qanday berish va shu xaqida boshqa ma’lumotlar bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulug‘larimiz qo‘liga tushgan mablag‘ning o‘ndan birini ajratib qo‘yishga odatlanganlar va joyi chiqqanida o‘sha puldan to‘xtamay sadaqa qilishgan. Biz ham shuni yo‘lga qo‘yshimiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 156 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar