Elektron xarid
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men internet orqali shu yilning iyun oyida Xitoy davlatidan qiymati 400$ bo‘lgan telefon buyurtma qilgan edim. Iyul oyida, davlatimizda qiymati 100$ bo‘lgan tovarlarga davlat boji o‘rnatildi. Buyurtma 1 hafta ichida bizning yurtga kirib kelgan va egasiga etkazish ishlarini pochta o‘z vaqtida bajarilmagan uchun, 1 oydan ortiqroq vaqtda omborda qolib ketgan va natijada tovar bojxonaga yuborilib, o‘sha erda yo‘qolib qolgan. Internetga buyurtma qilgan tovarlar 2 oy ichida buyurtmachiga etkazilishi shart, aks holda o‘rtada turgan internet sayti kafilligi ostida barcha pullar qaytariladi. Mening buyurtmam ham 2 oy o‘tkani uchun, dov-daraksiz yo‘qolgan deb topilib, sotuvchi tomondan pul to‘liq qaytarildi. Qaytarilgan pul o‘rniga boshqa sotuvchidan xuddi shunday telefon buyurtma qilindi, shu summaga. Savol: bojxona xodimlari mening buyurtmamni 3 oydan keyin topib menga jo‘natishlari mumkin. Shunda men yo‘qolgan telefonni nima qilishim kerak? Sotuvchiga bog‘lanib, pulini to‘lashim shartmi? 3 oy o‘tgandan keyin, telefon narxi tushib ketsa, qaysi pulni to‘lashim kerak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotuvchiga bog‘lanishingiz shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotuvchiga bog‘lanishingiz shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat