Sudxo‘rlikdan afsusdaman
Assalomu alaykum! Ustozlar, men majburiyat yuzasidan foizga pul olgaman. Bir birodarimga berilgan va’damni bajarish uchun. Lekin endi eshityapmanki foizga olgan inson ham bergan inson ham bir hilda gunohkor bo‘larkan. Vijdon azobida qoldim ushbu gunohimni yuvish uchun nima qilsam bo‘ladi. Shu pulni olganimdan buyon barcha ishlarim orqaga ketdi, el yurt oldida sharmanda bo‘ldim. Eng asosiysi vijdon azobiga qoldim, iltimos bu azoblardan qutilishim uchun biror yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu hali holvasi. Oyat hadislarga qarasangiz oxiratdagi azobi tasavvurdan tashqari darajada. Boringizni sotib bo‘lsa ham tez qutiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:01 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom