Inson taqdiriga rozi bo‘lgani

Assalomu alaykum! Meni taqdir haqidagi aqiydalar o‘ylantirib keladi. Alloh bandalariga taqdir ilmini tushunishni nasib qilmagandek ko‘rinadi. Qazoi qadar haqidagi maqolangizni o‘qib juda katta foyda oldim. Lekin ba’zi savollarimga hech qaerdan javob topa olmayapman. Bandalarga taqdiri majburlab topshirilmas ekan. Agar majburlansa, adolat bo‘lmaydi. Majburlanmaydi degani — inson taqdiriga rozi bo‘lgan degani. Rozi bo‘lishi uchun inson o‘z taqdir yo‘lini ko‘rishi kerak. Xuddi shu mavzuni internetda ham ko‘rib qoldim. Bandalarga taqdir yo‘llari ko‘rsatilar ekan va taqdirlariga rozi bo‘lishar ekan. Va bu xotiralardan o‘chirib tashlanar ekan. Agar o‘chirilmasa, imtihondan ma’no qolmaydi. Savolim: ba’zi insonlar oxiri jahannam bo‘lgan taqdirlarini ko‘rib rozi bo‘lishganmi? 2. Qiyomat kuni Allohni ko‘rish. Shu mavzuni ham noqis aqlim bilan tushuna olmayapman. Ma’lumki, Allohni ko‘rish ulug‘ nemat, bunga etishish oson emas. Lekin qiyomat kuni hamma Allohni ko‘rishi (jahannamiylar ham) meni o‘ylantiryapti, axir qiyomat kuni Allohni ko‘rsak, nega jannatda Allohni jamolini ko‘rish uchun harakat qilamiz? Ustoz men uchun javoblaringiz juda muhim. Sof aqiydamni saqlab qolmoqchiman. Shuning uchun hijjalab tushuntirsangiz. Izlash xizmatidan topa olmadim. Savollarimda kamchiliklar bo‘lsa uzr. Alloh hammamizga jamolini ko‘rishni nasib aylasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga Alloh qanday muomala qilganini bilmaymiz. Aqlingizni noqisligini tan olsangiz bo‘ldi. O‘sha to‘g‘ri e’tiqod. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar