Namozda jamoatga kechga qolib qo‘shilishdagi bazi holatlar

Assalomu alaykum! Meni jamoatga kech qolib qo‘shilish haqida bazi savollar o‘ylantirayotgandi iltimos shularga javob bersangizlar. Agar jamoatga kech qolib namozga qo‘shilsa ulgurmagan rakatlarini birinchi rakatdan boshlab o‘qiydimi yoki teskarisimi? Masalan shom namozini uchinchi rakatiga ulgurgan odam tashaxxudda faqat Attaxiyatni o‘qib, jamoat salom berganidan so‘ng yana ikki rakat o‘qib salom beradimi yoki jamoat salom berishini kutib, so‘ng turib bir rakat o‘qib tashaxxudga o‘tirib Attaxiyatni o‘qib ikkinchi rakatda ham o‘tirib salom beradimi? 2). Agar jamoatga kech qolib qo‘shilib imom namozning qaysi amalini qilayotgan bo‘lsa shunga qo‘shilishdan oldin sano duosini aytadimi yoki jamoat salom bergandan so‘ng o‘zi turib o‘qishni boshlaganda aytadimi yoki umuman aytmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Jamoat salom berishini kutib, so‘ng turib bir rakat o‘qib tashaxxudga otirib Attaxiyatni o‘qib ikkinchi rakatda ham o‘tirib salom beradi.
2). Tugatish uchun turilganda birinchi zam suraligi keyin zam surasiz rak’atni o‘qiydi. Vallohu a’lam!
3). https://fiqh.uz/maqola/683

26 May 2022, 03:09 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar