Sovuq suv ichish haqida

Assalomu alaykum! Ilmingizga Alloh baraka bersin. Qiyomatda insonning sog‘lig‘i va ichgan sovuq suvidan so‘raladi degan ma’noda hadis bormi. Agar shu ma’noda hadis bulsa iltimos shu hadisni kengroq tushuntirib bersangizlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! ثنا الضحاك بن عَرْزَم، قال: سمعت أبا هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ يقول: قال: رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: "إنَّ أولَ ما يُسْأَلُ عَنْهُ العَبْدُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنَ النَّعِيمِ أنْ يُقَالَ لَهُ: ألَم نُصِحَّ لَك جِسْمَكَ، وَتُروَ مِنَ الماءِ البارِدِ" ؟ Abu Hurayra roziyallohu anhu “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Banda qiyomat kuni ne’matlardan eng birinchi so‘araladigani unga qarata : “Jasadingni salomat qilmadikmi va sovuq suvdan qonib ichmadingmi” deyilishidir” deyayotganlarini eshitganman” dedilar. 
Bu kabi hadislar juda ko‘p. Suvni ne’matligini suv yo‘q joydagi kishilarni holiga qarasangiz bilasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar