Duo yozilgan qog‘ozlarni ish yurushishi uchun yoqish va ko‘mish
Assalomu alaykum! Uyimdagilar ishlari yurishishi uchun domlaga borib har xil qog‘ozlarga duolar yozilgan holda olib kelishadi. Ularning ayrimlarini erga ko‘mib, ayrimlarini suvga solib ichishadi. Xuddiki bu ishdan keyin ulardan ins-jinslar uzoqroq yuradi. Men doim "Hamma narsa Hudodanligini va faqat Hudodan so‘rash kerakligini aytaman", lekin ularning aytishicha u qog‘ozlarga Qur’oni Karimdan suralar yozilar emish. Shu haqda dinimizda nima deyilgan? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Duo qilinglar ijobat qilaman” deb aytgan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “So‘rasang Alloh taolodangina so‘ra, yordam talab qilsang Alloh taolodangina talab qil” degan bo‘lsalar Alloh taolo va rasulini qo‘yib boshqa narsadan najot izlashni nima keragi bor?! Tafsir kitoblarini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘qib yurgan sunnat duolarini o‘qisangiz qaysi o‘rinda nima qilish kerakligini batafsil yoritib qo‘yilgan. Boshqa narsaga hech qanday hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:12 | Savol-javoblar | 171 | Ruhiy tarbiya