Smenda bomdod namozi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men xozirda ishsizligim sababli sal kam 3oydan beri bomdod namozigacha uxlamayman. Menga ham bomdod namoziga qiynalib turganlarni sovobi beriladimi? Qilayotgan ishim noto‘g‘rimasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bamdod namozigacha uxlamay zikr, ibodatga mashg‘ul bo‘lsangiz oyat hadislarda kelgan “Yonboshlari yotar joydan yiroq bo‘lur. Robblariga qo‘rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o‘zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar” degan oyat ostiga kirib savob olasiz. Ammo bamdod vaqtgacha televizor ko‘rib o‘tkazsangiz savob bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:14 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar