Alif lam mim
Assalamu alaykum! Qur’ondagi ko‘p suralar “alif lam mim” yoki “alif lam mim sod” shunga o‘xshash harflar bilan boshlanadi. Buning ma’nosi nima? Albatta Alloh bilguvchidur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni Karimning yigirma to‘qqiz surasi yuqoridagiga o‘xshash harflar bilan boshlangan. Bu harflarga turlicha nomlar berilgan: ba’zilar «Huruful muqattaot» – «kesik harflar» desalar, boshqalar «Huruful hijo» – «alifbo harflari» deydilar, uchinchilari esa «Favotuhus suvar» – «suralarni ochuvchilar» deb ataydilar.
Bu harflarga turlicha nom berilganidek, ba’zi suralarning ular ila boshlanishidan ko‘zlangan murod haqida ham har xil fikrlar aytilgan. Bu haqda maxsus bahslar ham bor. Ba’zi ulamolar bu harflarning sirini Allohga havola etadilar, boshqalari: «Bu Alloh bilan Nabiy alayhissalom o‘rtalaridagi sir», – deydilar. Boshqa birlari esa ularga o‘zlaricha ma’no berganlar.
Ixtilofning asosiy sababi, ular haqida na Nabiy alayhissalomning o‘zlaridan va na sahobai kiromlardan birorta ham rivoyat yo‘qligidir. Shubhasiz, ular bu harflardan murod nimaligini yaxshi bilganlar, shuning uchun ham bir-birlaridan so‘ramaganlar va rivoyat qilmaganlar. Sahobai kiromlarning odatlari – ular bilmagan narsalarinigina so‘rar edilar. Ular ulug‘ zotlar bo‘lib, elkalarida Islom dinini butun dunyoga tarqatishdek ulkan mas’uliyat yotganini to‘liq tushunar va asosiy e’tiborni shunga qaratar edilar. Bilgan narsalari haqida tortishuvlarga toqatlari ham, vaqtlari ham yo‘q edi.
Ko‘pgina tafsirchilar, ayniqsa, tafsirchilarning keyingi avlodi «Ba’zi suralarning mazkur harflar ila boshlanishi arablarga «Qur’on sizlar ishlatib yurgan «alif», «laam», «miim»ga o‘xshash harflardan tuzilgan. Qo‘llaringizdan kelsa, sizlar ham shunga o‘xshash narsa tuzinglar-chi», degan ma’noni anglatish uchun qilingan», – deganlar.
Avval eslatganimizdek, Qur’oni Karim nozil bo‘layotgan davrda arablar o‘zlarining so‘zga ustaliklari bilan faxrlanar edilar. Shoirlar hamda so‘z ustalari mo‘’tabar shaxslar hisoblanar edilar. Doimo she’rxonlik, va’zxonlik bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib turilardi. Hatto g‘olib shoirlarning she’rlari Ka’bai Muazzamaning devoriga osib qo‘yilardi. Qur’oni Karim ularning nozik joylaridan tutib «Agar so‘z ustasi ekaningiz rost bo‘lsa, o‘zingiz ishlatib yurgan oddiy harflardan tuzilgan Qur’onga o‘xshash narsa keltiring-chi», – dedi.
Bu xuddi tuproqning misoliga o‘xshaydi. Oddiy tuproqdan kimdir loy qilib, g‘isht quyadi, kimdir sopol idishlar yasaiydi. Va hokazo. Lekin Alloh taolo ushbu oddiy tuproqdan insonni yaratdi, unga jon ato etdi. Shunga o‘xshab, arab alifbosining oddiy harflaridan arab so‘z ustalari she’r to‘qiydilar, va’zxonlik qilib, odamlarni qoyil qoldiradilar. Ammo Alloh taolo o‘sha harflarning aynan o‘zidan hamma-hammani ojiz qoldiruvchi Qur’onni nozil qildi!(“Tafsiri Hilol”). Vallohu a’lam.
1 May 2022, 03:09 | Savol-javoblar | 305 | Turli savollar