Ibo va xayo
Assalomu alaykum Islom axli ustozlari! Meni ismim Ibroximali, Universitetda ta’lim beraman. Savolim noo‘rin bo‘lsa avvaldan uzr so‘rayman. Bugun ertalab bekatda yoshlari 60 ga chamalab qolgan o‘zbek onaxonni uchratdim. Sochlari oro bergan, faqat liboslari o‘zlariga monad emas edi, ya’ni engi yo‘q qizil tusli kofta, va qizil tusli tor shim kiyib olgan edilar, tana organlari juda xam xunik axvolda ko‘rinib turar, ixtiyoriy erkak va ayolni bu narsa jalb qilar edi. Men asta yonlariga borib asta salom berib, muloyimlik bilan tushuntirdim. Mani noto‘g‘ri qabul qildilar shakeli: san bola ertalabdan safarga ketayotgan ayolni dilini og‘ritding, sani Xudoga soldim deb ketib qoldilar. Mani dilim og‘rib ko‘zlarim qarong‘ulashib ketdi. Ketayotgan yo‘limda Olloxga tavba qilib ketdim. Onaxonni qarg‘ishi o‘rinlimi, bu erda kim xaq, Sizdan o‘tinib so‘rayman, aniqlik kiritib bering. Oldindan minadorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Onaxonning qarg‘ishi hech qanday o‘rinli emas. Buning qo‘rqadigan joyi yo‘q. Aksincha, siz farz hisoblangan amri-ma’ruf, nahiy munkar qilgan bo‘lib, savob olgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush