Vitr namozining o‘qilishi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men safardaman, bu erdagi ba’zi birodarlarimiz vitr namozini men shu paytgacha ko‘rmagan tartibda ado etishadi. Meni qiziqtirgan narsa, bu ularning "biz ham ahli sunna e’tiqodidamiz" deganlari va lekin judayam ko‘p ibodatlarda bizdan farq qilishlari. Hususan vitr namozini "Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘z hadislarida "vitr namozini shom namoziga o‘xshatib o‘qimanglar" deganlar, deyishadi va vitr namozini ikkinchi rak’atida o‘tirmasdan turib ketishadi, uchinchi rak’atida ruku’ qilgandan so‘ng yana tik turib qo‘llarini duoga ochib duo qiladilarda so‘ng to‘g‘ri sajdaga ketadilar. Vitr namozini bunday o‘qilishi qaysi bir mazhabda bor, yoki birodarlarimiz adashib ibodat qilishyaptimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birodarlaringiz kimligini bilmadim. Ammo shofe’iy mazhabida avval ikki rakat o‘qib, salom berib, yana bir rakat o‘qishadi.
26 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 156 | Namoz