Kibrli insonlar bilan muomala
Assalomu alaykum! Xozirda ishxonamizda namozxon yigitlar bilan ishlaymiz. Gohida mendan ularning ishini bir qismini bajarib berishni so‘rashadi va men labbay deb javob beraman. Ammo boshqa safar ularga savol bilan murojaat qilganimda mensishmagandek tuyildi. Bu kibrga kiradimi? Bunday xolatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hulqlari qanday bo‘lgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularni muomalasi nima ekanligini o‘zlaridan so‘rab qo‘ya qolish kerak. Agar bu muomalalaridan haqir sanashlik maqsad bo‘lsa kibrga kiradi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar kibr nima deb so‘raganlarida: “Haqni inkor qilish, qo‘pollik bilan rad qilish va odamlarni mensimaslik” deganlar. yana bir hadislarida “Kimning qalbida zarraning misqolicha kibr bo‘lsa jannatga kirmaydi” deganlar. ulardan so‘rang va bu hadislarni ham ularga aytib bering. Noto‘g‘ri tushungan bo‘lsangiz noto‘g‘ri tushunganligingizni aytishsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:15 | Savol-javoblar | 171 | Ruhiy tarbiya