Namozda oyoqlarni qirsillashi

Assalomu alaykum! Ustozlar, uzr avvalgi savolimni to‘liq yozolmaganim uchun. Meni qiynayotgan savol namoz vaqtida biron joyi qirsillashi to‘g‘ri emasligini o‘qiganman. Menda esa ko‘pincha oyog‘im qirsillab qoladi. Shunda Allohdan meni kechirishini so‘rab duo qilaman. Meni holatimda namozim buzilgan hisoblanmaydimi? Namozlarimni shubha bilan o‘qishni hoxlamayman. Shu sababli maslaxat olish uchun yozgan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qirsillashni zarari yo‘q, unga istig‘for aytishni ham hojati yo‘q. Namoz ichida duo qilmang, namozingiz buziladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar