Shom namoziga kechikkanda

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, imom namoz o‘qiyotgan paytda kechikib namozni 3 rakatidan imomga iqtido qilib qo‘shilib namoz o‘qisam, imom 4-rakatni tugatib salom bergandan keyin turib 1-2-rakatni o‘qish kerakligini bilaman. Shu 1-2-rakatda o‘zim zam sura qo‘shib o‘qiymanmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘qiysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar