O‘limdan keyin tadbirlar

Assalomu alaykum! O‘limdan keyingi 3, yangi payshanba, yangi xayit 40 kabi tadbirlar shariatga zid ekanligidan aytilsada bu kabi ishlar yanada avj olib davom etmokda. Shu va shunga o‘xshash "exson"larda bizda yoshi kattalar dasturxondagi narsalarni xammasini "savob" bo‘ladi deb olib ketishadi. Dasturxonga qo‘yilgan narsalarni maxalla kattalari uy egasiga katta moliyaviy zarar bo‘layotgani uchun kelishib to‘xtatib qo‘yishibdi. Masjid imomi esa ushbu tadbirni to‘xtatgan insonlarni tanqid qilib dinga zid ekanligini go‘yoki bu ishlar "savob" ekanligini aytdi. Shu gaplar meni rosa jaxlimni chiqardi. Nega odamlar odamlarni gapidan qo‘rqib bu tadbirlarni qarzga botib bo‘lsa xam qilishadiyu, ammo  zakot yoki qurbonlik qilish kerak deyilsa Allohdan qo‘rqmasdan pulim yo‘q deyishadi. Nega dinda asosi yo‘q odamlar o‘ylab topgan "exson"dan dasturxondagi narsalarni olinmayotganligini imom tanqid qilsa... Xurmatli ustozlar shu xaqida xammaga ibrat bo‘ladigan javob yozib bersangizlar, ajab emas ayrim odamlar insofga kelib qolsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu haqida juda ko‘p yozdik. Bunga yozish emas hammani qo‘liga kitob tutqazib ilm o‘qitish kerak ekan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar