Sunnat(namoz)inglar farz(namoz)inglarga o‘xshab qolmasin

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "sunnat(namoz)inglar Farz(namoz)inglarga o‘xshab qolmasin" degan ma’noda kelgan xadislari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Biringiz (farz) namoz o‘qisa, (nafl o‘qish uchun) oldinga yo orqaga, o‘ngga yo chapga o‘tishga ojizlik qiladimi", deganlar. Shu hadis nafl namozni farzdan ajratish lozim ekaniga dalolat qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar