G‘usul qilish
Assalomu alaykum! Biror kishi ishga borganda u odamdan maniy kelsa, peshob qilgandan so‘ng yoki ishga kelishdan oldin maniy kelgan lekin u odamning o‘zi bilmaydi ishga kelgandan so‘ng gusul vojib bo‘ldi deb o‘ylaydi (juda kam bir tomchi miqdorida maniy kelsa) lekin kechgacha ya’ni uyga borguncha g‘usul qilishga imkoni yo‘q bunday holatda taxorat olib namoz o‘qisa bo‘ladimi yoki uyga borganda g‘usul qilib qolib ketgan namozlarini qazosini o‘qiydimi? Va bu qazo bo‘lib qolgan namozlari uchun unga gunoh yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar chiqqan narsa haqiqatda maniy bo‘lsa g‘usl qilishingiz shart. Sharoit yo‘qligi uzr emas. Chunki astoydil harakat qilsangiz imkon topasiz.
Agar chiqqan narsa maziy bo‘lsa tahorat kifoya.
«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir.
Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi.
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. (Kifoya).
Maniy va maziy tomgan kiyimning tomchi miqdoriga qaraladi, agar maniy to‘rt gramm miqdoricha bo‘lsa, maziy esa kaftni tekislab, ichiga suv quyilganda qancha joyni egallagancha joyga tarqagan bo‘lsa u kiyimda namoz o‘qish makruhi taxrimiy bo‘ladi. Undan oshsa namoz o‘qish joiz bo‘lmaydi. Undan kam bo‘lsa makruhi tanzihiy bo‘ladi.
Maniyda g‘usl, maziyda tahorat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 Oktabr 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 122 | Namoz