Vino spa shampuni xaqida

Assalomu alaykum! Sal oldinroq ayolim shampun sotib oldi, uning tarkibini men yaqinda o‘qib qoldim. Uni sizlarga xavola etaman. Aktivnыe komponentы: Optivegetol Shine® — ekstrakt krasnogo vina — sposobstvuet ukrepleniyu volos. Extrapon Champagne® — ekstrapon belogo vina «Shampan» — preduprejdaet vыpadenie volos. Izgotovlen na osnove naturalnыx bezalkogolnыx vыsokoaktivnыx kontsentratov belogo i krasnogo vina. Nejno moet volosы, ne narushaya ix estestvennыy balans, pitaet, pridaet jiznennuyu energiyu. 1) Alkogolsiz bo‘lgani uchun foydalansa joizmi? 2) Agar u harom bo‘lsa, u bilan g‘usl qilganda foydalanganmiz va shu barcha namozlarimizni qaytadan o‘qiymizmi? Tashakkur. Gap o‘rnida aytishim kerakki, dorixonalar, kosmetologiya vositalari sotuvchilari va boshqa savdogarlarning ko‘pchiligi halol-haromni farqiga bormay qolishibdi, faqat pul bo‘lsa bo‘ldi. Ko‘zimizni ochaylik birodarlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Mast qiluvchi narsa  aralashgan bo‘lsa joiz emas. 2). Shampunni yuvganligingiz aniq, najosat narsani yuvganda najosat badanda ketsa badan toza bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:23 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar