Dardimga islomdan davo izlab murojat qilyabman

Assalamu alaykum xurmatli ustoz Shayh hazratlari Men bundan ikki yarim yil oldin namoz o‘qishni boshladim. Kunlarni birida haloga bosh yalang duosiz kirdim. Halodan chiqib o‘zimni juda yomon xis qildim. Bir ikki kun o‘tib vahimaga tushib, hayolimga juda ham yomon kufr so‘zlar takror takror kela boshladi. Yashagim kelmay, dunyo ko‘zimga tor kelib, vasvasa qamrab oldi. Xalqumimning ichida bir narsa bezovta qila boshladi. Bir hafta masjidimiz imomi qori domlaga dam soldirib tuzalib qoldim. Bir oylardan keyin yana bezovta bo‘la boshladim. Hozirgi vaqtgacha ko‘pgina domlalarga murojat qildim. Ularning fikricha jin tekkan emish. Hazrat hozirgi vaqtda xalmuqmimning ichida bir narsa borga o‘xshaydi. U narsa sababsiz tushkinlikka, maxzunlikka tushiradi. Qalbimda huzur yo‘q. 1 daqiqa ham o‘y hayol to‘xtamaydi. Menga jin tekkanmi? Agar tekkan bo‘lsa qutilish yo‘llarini najot kelishi uchun batafsil ma’lumot bersangiz, iltimos qiyin ahvoldaman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jin tekkan emas. Bu xildagi holat yaxshilik alomati. Sizning taqvoga berilganingizda shayton talvasaga tushib qolgani alomati. Siz taqvoni yana ham kuchaytiring, u la’nati butunlay noumid bo‘ladi.

26 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar