Tahorat olganda xusnbuzar qonashi

Assalomu alaykum! Ustoz menga maslaxat bering, men taxoratda yuzimni yuvayotganimda xusnbuzarlarim shilinib, qonaydi. Bunday xolat tez takrorlanib turadi. Savol agar yuzimdagi xusnbuzarlar qonasa men qilgan taxorat qabul boladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tahorat sinadi, qonni to‘xtatib qayta tahorat olishingiz kerak. Agar yuzingizga ishqaganingizda qonab ketadigan bo‘lsa tahoratda yuzingizni yuvish kerak bo‘lgan joyga suvni oqizishingiz bilan ham farz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar