Masjidga yugurib borish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men savob ko‘proq bo‘ladi va sog‘ligimga ham foyda deb bomdod namozini o‘qish uchun uyimdan uzoqroq bo‘lgan masjidga yugurib boraman. Yaqinda bir tanishimiz masjidga yugurib borish mumkin emas dedi. Shu gap rostmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Masjidga yugurib borish joiz, ammo masjid darvozasidan ichkariga yugurib va shoshilgan holda kirish joiz emas. Tibbiyotda tez harakatlangan, yugurgan inson birdaniga qotib to‘xtab qolishidan qaytarilgan. Namozda esa ayni shu holat sodir bo‘ladi. Qolaversa masjiddagilarni xayolini sochish ham sodir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar