Toqqa dam olgani chiqilganda

Assalomu alaykum! Yoz oylarida ko‘pchilik xordiq chiqarish maqsadida tog‘ yon barg‘irlariga dam olish uchun chiqiladi. Shunda ko‘pincha “namozni qanday o‘qiymiz” deb muzokaralar bo‘lib turadi. U erda taxoratga ham namoz uchun ham hamma shart sharoitlar bor. Biz yashab turgan manzildan masofasi taxminan 100 km. Biz niyat qilib chiqqan kunimiz 2-3 kun bo‘ladi. Savol : biz namozni qanday o‘qishimiz kerak? Ya’ni qasr qilibmi yoki to‘liq? Rahmat Alloh rozi bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 89 kmdan uzoq masofa bo‘lsa namozlarni qasr qilib o‘qiladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar