Uch taloqdan keyingi hayot

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, chuqur o‘ylanish va alamlar bilan bir birodarning quyidagi savolini berishga izn bergaysizlar. O‘sha birodarimizning otalari, onalarini bir necha marotaba qayta-qayta taloq qilibdi. Lekin shunga qaramay hali hanuz hech narsa bo‘lmagandek er-xotindek yashab kelishayotgan ekan. Qancha gapirmasin ahvol o‘zgarmayotgan ekan. Shuni orqasidan otasi bilan janjallashib xam qolgan. Nima qilishni bilmay boshi qotgan. U dayus bo‘lib qolishdan juda xam qo‘rqadi. Bunday holatga tushgan birodarimizga qanday maslahatlar berasiz va uch taloqni «o‘yinchoq» deb bilib hech narsa bo‘lmagandek uch taloq qilingan «xotini» yashayotganlar uchun shariatimizda qanday hukmlar bor? E’tibor uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bola aytib qo‘yish huquqigagina ega. Chora ko‘rish uning vazifasi emas. Shuning uchun farzandlarimizga yoshligidan turib Qur’on yodlattirishimiz, halol-haromni o‘rgatishimiz shart. Qur’onni qori aka bo‘lish uchun o‘qilmaydi. Ilmni domla bo‘lish uchun o‘qilmaydi. Barchasini Allohning huzurida komil mo‘min bo‘lish uchun, pokiza hayot kechirish uchun oqibat Allohning roziligini topib jannatga tushish uchun o‘qilinadi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 217 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar