O‘zga yurtlarda juma namozi
Assalomu alaykum! Men turli davlatlarga saëxat qilishni ëqtiraman, ayniqsa musulmon davlatlariga. Mening yaqindagi safarim Malayziyaga bo‘ldi. Malayziya axolisining yarmidan ko‘p qismi (taxminan 60%-65%) islom dinida. Safar davomida juma kungi namoz uchun shu erdagi masjidlardan biriga kirdim. Bu erning axolisi faqatgina jumaning 2 rakat farzini o‘qib tarqalib ketdi. Ammo men bilishimcha bu erda Imom Shofeiyning mazxablari amalda ekan. 2-meni ajablantirgan xolat shuki maxalliy aëllar xijob kiygan xolida elkalari ko‘rinib turadigan futbolkalar, oëqlarida odamni xaëlini parishon qiladigan tor djinsiy shimlarda. To‘g‘risi xayron qoldim. Bu savolni bermoqchi emasdim, ammo ko‘pchilik bu xolatni bilib islomning asl moxiyati bilan soxtasini farqlay olmayapti. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha holatda bo‘lsa ham borib turganiga shukur qilib turaveraylik. E’tiborimizni ko‘chadagi benamozlarni masjidga olib kelishga qarataylik. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 174 | Islam